» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Mazkur hujjat tomonlar chegara vakillarining davlat chegarasidagi chegaraviy mojarolar va nizolarni hal qilish bilan bog‘liq masalalarni yechish bo‘yicha faoliyatini tartibga soladi.

Bitimga muvofiq, chegara vakillari uchastkalari doirasida o‘z faoliyatida:

Davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi va uni belgilangan tartibni buzgan holda kesib o‘tishni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;

Vakolatli davlat organlari bilan birgalikda noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish (topshirish) va kontrabandaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi va davlat chegarasida xo‘jalik ishlarini amalga oshirilishi hamda chegara suv havzalari suvidan foydalanish, ovchilik va baliqchilik qoidalariga rioya qilish nazoratini ta’minlaydi;

Davlat chegaralari orqali yong‘inlar, epidemiyalar, epizootiyalar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining tarqalishi xavfi tug‘risida bir-birlarini o‘z vaqtida xabardor qiladi.

Ushbu ikki tomonlama hujjatning kuchga kirishi davlat chegarasida yuz berayotgan masalalarni o‘z vaqtida yechish uchun qo‘shimcha huquqiy mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют