» » Ella Ostrogojskaya sobiq moliya vaziri bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgan

Ella Ostrogojskaya sobiq moliya vaziri bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgan


Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatnomasida tilga olgan Ostrogorskiy familiyasi ostida kim nazarda tutilgani muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, Prezident bunda moliya vazirligining davlat budjeti bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan.

Bir muddat ilgari O‘zA moliya vazirligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berarkan, yaqin vaqt ichida Prezident tanqid qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim haqidagi chin ma’lumotlar bilan tanishtirishni va’da qilgan edi. 27-dekabr kuni agentlik e’lon qilgan maqoladan Ostrogojskayaga bag‘ishlangan bir necha abzats o‘rin oldi. Quyida bu ma’lumotni keltiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarda Ella Ostrogojskayaning aql bovar qilmas darajada “o‘zlashtirib yuborilgan” mablag‘lari va uning chet elda o‘qib, o‘sha yerda yashab qolgan farzandi haqida bayon etilgan. Shuningdek, uning chet davlatlarda mulklari borligi va boshqa mamlakat fuqaroligiga ham ega ekani qayd etilgan.

Bizda bu faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Qo‘limizdagi rasmiy ma’lumotlar esa quyidagicha:

E. Ostrogojskaya ko‘p yillar moliya vazirligining davlat budjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga va davlat budjetiga katta zarar yetkazgan. O‘zini xon, ko‘lankasini maydon, deb hisoblagan bu amaldor budjet profitsiti ko‘rsatkichlarini soxtalashtirish, bu orqali esa soxta obro‘-e’tibor qozonishga harakat qilgan. Har yili hisobot yilining 15-dekabridan boshlab budjet tashkilotlari bo‘yicha barcha turdagi xarajatlarni, jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy to‘lovlarni sun’iy to‘xtatib qo‘ygan. Sobiq vazir (maqolada gap qaysi sobiq vazir haqida ekanligiga aniqlik kiritilmagan — “Daryo”) bilan til biriktirib, davlat rahbariga yolg‘on hisobot berishni odatiy holga aylantirgan.

Oqibatda hududlarning rejadan oshirib bajargan daromadlari respublika budjetiga majburan olib qo‘yilgan. Ularning ustidan hukm o‘tkazib, bosh egib kelmaguncha erkin mablag‘lar qoldig‘i ularning ixtiyoriga qaytarib berilmagan.

Vaziyat shu darajagacha yetib borganki, E. Ostrogojskaya sobiq vazir va xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i bilan til biriktirib, vazir o‘rinbosarlariga ham tazyiq o‘tkaza boshlagan. O‘ziga yoqmaganlarning lavozimini pasaytirgan yoki ularni ishdan bo‘shatgan. Birgina misol: hududlarning moliyaviy haq-huquqlarini himoya qilgan vazir o‘rinbosarlaridan birini dastlab jamg‘armaga, keyinchalik eng quyi bo‘g‘inga ishga yuborgan. Bugungi kunda haqiqat qaror topib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur shaxs munosib lavozimga tayinlandi.

Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda xalqimizning eng zarur ehtiyojlari umuman hisobga olinmagan. Shu o‘rinda bir fakt: 2016-yilgi davlat budjetida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun bor-yo‘g‘i 483 so‘m ko‘zda tutilgan. Mamlakatimiz bo‘yicha dori-darmon va tibbiyot vositalariga 229 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu raqamlarni taqqoslash uchun 2018-yilgi davlat budjeti parametrlarida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 5 ming so‘m yoki dori-darmon va tibbiyot vositalariga 915 milliard so‘m (4 baravar ko‘p) rejalashtirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Endi tasavvur qiling, tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 483 so‘m belgilagan bu “jonkuyarlar” nahotki ketadigan haqiqiy xarajatlarni hisobga olmagan bo‘lsa?

Bitta shprits yoki bint ham bundan qimmat-ku?!

Texnika xarajatlari, shifokorning bir kunlik mehnatini kim qoplaydi?!

Aslida tez tibbiy yordamga chaqirilgan shifokorlarning ko‘zingizga qarab turishiga, jamiyatimizda korrupsiyaga yo‘l ochgan shaxslar shular emasmikan?!

Bu hali bir sohaning bir yo‘nalishi. Endi qolganlarini o‘zingiz tasavvur qilavering!

Опубликовано: admin (28-12-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют