» » Video: Urg‘ochi sherlar va antilopa jangi

Video: Urg‘ochi sherlar va antilopa jangi


Urg‘ochi sherlar va gnu antilopasining savanna kengliklarida bo‘lib o‘tgan kurashi aks etgan video Keniyaning Masai-Mara qo‘riqxonasi tomonidan e’lon qilindi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Bir nechta urg‘ochi sher ov vaqtida antilopalar to‘dasiga hujum qilgan. Yirtqichlarni ko‘rgach, antilopalar qocha boshlagan. Biroq ulardan biri sherlar qarshisiga chiqib, qarshi hujumga o‘tgan.

Antilopa yirtqichlardan birini yerga yiqitib, shoxi bilan piypalay boshlagan. Shu vaqtda sher panjasi bilan uning bo‘ynidan quchoqlab olgan va tishlagan. Antilopa shu zahotiyoq qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatgan. Uning orqasidan yana bir sher tishlagan. Sherlarning qo‘liga tushgan antilopa jarohati sababli yerga yiqilgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют