» » O‘zbekistonlik 12 yoshli grossmeyster Osiyoning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida tan olindi

O‘zbekistonlik 12 yoshli grossmeyster Osiyoning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida tan olindi


12 yoshli Nodirbek Abdusattorov Osiyoning 2017-yildagi eng yaxshi yosh shaxmatchisi deb topildi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Amirliklarning Al-Ayn shahri Osiyo shaxmat federatsiyasining yillik sammitiga mezbonlik qilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida 4nd Annual Asian Chess Excellence Awards taqdirlash marosimi ham o‘tkazilgan.

Nodirbek Abdusattorov ayni vaqtda dunyoning eng yosh grossmeysteri bo‘lib turibdi. U grossmeysterlik talablarini bajarish bobida yosh ko‘rsatkichi borasida eng yaxshi ikkinchi natijani qayd etgan shaxmatchi hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga “Osiyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” sovrini topshirilgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют