» » 2018-yili O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi yarim mlrd dollarga yetkaziladi

2018-yili O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi yarim mlrd dollarga yetkaziladi


Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasida “2017-yilda O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligi hamda 2018-yilda ushbu aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida brifing tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Doniyor Sidiqov ikki mamlakat hamkorligining yangi bosqichi va uni yanada taraqqiy ettirish yuzasidan amalga oshirilayotgan  ishlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

2017-yil mamlakatlar o‘zaro munosabatlari rivojida tarixiy davr bo‘ldi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari shu yilning o‘zida 6 marotaba uchrashdi. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo, parlamentlararo va idoralararo tashriflar amalga oshirildi. Ishbilarmon doiralar ishtirokida biznes-forumlar, milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkazildi. “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi xalqaro avtokarvon muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekovning joriy yil dekabr oyida Toshkentga amalga oshirgan ilk tashrifi “O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo— bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

2018-yilda barcha sohalar singari savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, tovar aylanmasini 500 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati va san’ati kunlarini o‘tkazish, Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют