» » Mirzo Ulugbek Innovation Center va “Aloqabank” AK hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Mirzo Ulugbek Innovation Center va “Aloqabank” AK hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi


Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi va “Aloqabank” AK o‘rtasida Hamkorlik va o‘zaro kelishuvlar to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Bu haqda markaz rasmiy saytida xabar berildi.

2018-yilning yanvar oyi birinchi sanalaridan boshlab Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi rezidentlari, “Rezident” imtiyozli tarifi ostida amal qiladigan, o‘zida “boshidan oxirigacha” barcha bosqichlarni mujassam etgan bank xizmatidan foydalanishi mumkin. Ushbu xizmat “Aloqabank” AK mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, rezidentlarga qator ustunliklar va imtiyozlarni taqdim etadi. Eng muhimi esa, ularni bank operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha byurokratik masalalarni hal etishdan ozod qiladi.

Shuningdek, Innovatsiya markazi xodimlari “Aloqabank” AK mutaxassislari bilan hamkorlikda, IT sohasidagi startap-loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlashtirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha konsultatsiyalar bera boshlaydi.  

Bu choralardan asosiy maqsad – rezidentlarni byurokratik to‘siqlarni mustaqil ravishda yengib o‘tish shartidan ozod qilgan holda, ularning ishlarini maksimal darajada yengillashtirish va IT-kompaniyalar uchun faqatgina o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdir.

Bundan tashqari, bank sohasining ichki “oshxonasini” o‘rganish Innovatsiya markazi xodimlariga eksport-import operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida rezidentlar to‘qnash keladigan amaldagi qiyinchiliklarni aniqlash, ularni yechish yo‘llarini ko‘zda tutish va keyinchalik qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishda yordam beradi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют