» » Qamchiq dovoni vaqtinchalik yopilgan paytda qutqaruvchilar fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

Qamchiq dovoni vaqtinchalik yopilgan paytda qutqaruvchilar fuqarolarga yordam ko‘rsatdi


“Qamchiq” dovonida avtomobil vositalarining harakati uzluksiz davom etmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida.

Dovonda kuchli shamol esishi, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi natijasida avtoransport vositalarning harakati cheklangan bo‘lib, yo‘lning harakat qismini qordan tozalash maqsadida transport vositalari oz-ozdan o‘tkazildi.

“Qamchiq” dovonidagi tegishli xizmatlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida avtomobil yo‘li qordan tozalanib, soat 17.20 da avtotransport vositalarining harakati tiklanib, ikki tomonlama amalga oshirilmoqda.

Harakatning vaqtinchalik cheklov davomida, haydovchi va yo‘lovchilar uchun kutish va isinish maskanlari tashkil etilib, jumladan 70 nafardan ortiq kishilar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga joylashtirildi, 1800 nafarga yaqin kishi 45 ta umumiy ovqatlanish maskanlariga joylashtirilib, issiq choy va ovqat bilan ta’minlandi, ulardan 29 nafar bolalar onalari bilan “Ona va bola” xonalariga joylashtirildi.

25 nafardan ortiq haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi, 44 ta avtotransport vositalari qor uyumidan chiqarib olindi, ulardan 6 ta avtotransport vositalari evakuator yordamida texnik ta’mirlash maskanlariga yetkazildi, harakatdagi statsionar yoqilg‘i quyish shaxobchasi tashkil etildi.

“O‘zgidromet” markazi oldindan ob-havonining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yo‘lning muzlashi to‘g‘risida ma’lumot berilgan bo‘lib, ular ijtimoiy tarmoqlar va dovonda o‘rnatilgan tablolar orqali yetkazildi hamda “Qamchiq” dovonida harakatlanayotgan avtotransport vositalarning to‘xtash joylarida tushuntirish ishlari olib borildi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют