» » Inson o‘z gapiga boshqalarni ishontirish maqsadida “non ursin”, “til tortmay o‘lay”, “ko‘zim chiqsin” kabi iboralarni ishlatishi gunohmi?

Inson o‘z gapiga boshqalarni ishontirish maqsadida “non ursin”, “til tortmay o‘lay”, “ko‘zim chiqsin” kabi iboralarni ishlatishi gunohmi?


“Farg‘onaziyo.uz” saytida “Hozirgi paytda odamlar orasida bo‘lar-bo‘lmasga qasam ichish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Shu to‘g‘rimi?” — degan savolga javob berildi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): “Alloh sizlarni otalaringiz nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi. Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki jim bo‘lsin”, deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ko‘pchilik o‘zaro suhbat qilib turganida gapiga boshqalarni ishontirish maqsadida “non ursin”, “til tortmay o‘lay”, “ko‘zim chiqsin” singari iboralarni keltiradi. Alloh taolo nomidan boshqa narsalar bilan qasam ichish gunohi kabiradir. Inson, banda sifatida faqat Alloh nomi bilan qasam ichishi mumkin. Hatto Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam), farishtalar, Ka’ba, jon, bosh kabi narsalar bilan qasam ichish ham mutlaqo xatodir.

Ibn Umar (roziyallohu anhu) bir kishining “Ka’baga qasamki” deganini eshitib qolib, Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichma. Men Rasulullohning “Kim Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichsa, kufr yoki shirk keltiribdi” deganlarini eshitganman, — dedi.

Demak, Allohga imon keltirgan, o‘zini mo‘min-musulmon hisoblagan kishining turli narsalar nomi bilan qasam ichishi juda katta gunohdir. Qasamxo‘rlikdan yiroq bo‘lish haqiqiy musulmonning fazilatidir.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют