» » Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini yanvardan boshlab Rossiyaning “Match-TV” telekanali ham namoyish etadi

Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini yanvardan boshlab Rossiyaning “Match-TV” telekanali ham namoyish etadi


Rossiyaning “Match-TV” telekanali va nihoyat Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi yildan boshlab Ispaniya chempionati o‘yinlari muntazam namoyish etilishi aytib o‘tilgan. Birinchi translyatsiya 7-yanvar sanasiga to‘g‘ri keladi. Shu kuni La Liganing 18-turi doirasida “Selta” futbolchilari Vigoda amaldagi chempion “Real Madrid”ni qabul qiladi.

Mavsum boshida rossiyalik futbol muxlislari Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini jonli ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. Na “Match-TV” va na boshqa telekanallar La Liga translyatsiyasini qo‘lga kirita olmadi.

Mana shunday bir vaqtda O‘zbekistonning UzReport telekanali Ispaniya La Ligasi o‘yinlarini jonli ko‘rsatib kelayotgani rossiyalik mashhur futbol sharhlovchilarining ham e’tiboridan chetda qolmay, ular O‘zbekiston kanali sha’niga bir qator maqtovli tvitlar yozgandi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют