» » Klub almashtirish borasida “jahon chempioni” bo‘lgan urugvaylik futbolchi 26-jamoasi bilan kelishuvga erishdi

Klub almashtirish borasida “jahon chempioni” bo‘lgan urugvaylik futbolchi 26-jamoasi bilan kelishuvga erishdi


Urugvaylik hujumchi Sebastyan Abreu faoliyatini Chilining “Audaks Italyano” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu uning faoliyatidagi 26-klub bo‘lib tarixga kirdi.

Shu tariqa Abreu klub almashtirish bo‘yicha rekordchi — germaniyalik darvozabon Lutsa Pfannenshtildan o‘zib ketdi. Posbon karyerasi davomida 25 ta klub sharafini himoya qilgandi.

41 yoshli Abreu esa 11 mamlakatning 26 jamoasida to‘p surishga erishgan. Uning so‘nggi jamoasi “Deportes Puerto-Mont” quyi ligaga tushib ketgach, futbolchi yuqori divizionda qolishni istadi va yangi klub safiga borib qo‘shildi.

Mana shunday qo‘nimsiz futbolchi ekaniga qaramay, Sebastyan Abreu Urugvay milliy terma jamoasi safida 70 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. JCh—2010 doirasida aynan uning penaltilar seriyasidagi aniq zarbasi sabab Gana ortda qoldirilgan va urugvaylik futbolchilar yarim finalga qadar yetib borgandi.

Faoliyatining katta qismini Janubiy Amerika mamlakatlarida o‘tkazgan hujumchi o‘z vaqtida Yevropa jamoalari bo‘lmish “Real Sosyedad”, “Deportivo”, “Aris” kabi klublar futbolkasini ham kiyishga ulgurgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют