» » 44 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro Sergelida yangi qurilgan xonadon sohibiga aylandi

44 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro Sergelida yangi qurilgan xonadon sohibiga aylandi


Sergeli tumanida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy-joylardan bir nechta xonadon imkoniyati cheklangan, e’tiborga muhtoj insonlarga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Joriy yilda Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilotlar hamkorligida sakkiz yuzdan ziyod e’tiborga muhtoj insonga nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi, boshqa zaruriy tibbiy anjomlar, dori-darmonlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari muntazam berib borildi.

Shuningdek, uy-joyga muhtoj 30 kishiga uy olishi uchun boshlang‘ich mablag‘ to‘lab berildi. Toshkent shahrida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolarning 44 nafari imtiyozli, arzon, barcha shart-sharoitga ega ko‘p qavatli uylardan o‘z xonadoniga ega bo‘ldi.

Tadbir doirasida kardiolog, terapevt, pediatr, okulist va boshqa mutaxassislardan iborat guruhlar ishtirokchilarni laboratoriya, EKG, UTT yordamida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi.

Xabarda qayd etilishicha, nuroniylar, imkoniyati cheklanganlar, ehtiyojmand oilalar vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi. Ularga uy kalitlari bilan birga uy-ro‘zg‘or uchun kerak bo‘ladigan maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar ham topshirildi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют