» » Yangi yil Coca-Cola bilan!

Yangi yil Coca-Cola bilan!


Yangi yil bayrami arafasida Coca-Cola ichimligi O‘zbekiston, LTD kompaniyasining 200 nafardan ortiq xodimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-noyabrdagi “Yangi yil bayrami munosabati bilan ichki bozorni va aholini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimch chora-tadbirlar to‘g’risida”gi Bayonnomasiga muvofiq poytaxt va Respublikadagi yirik bozorlarda “Yangi Yil yarmarkasi”ni tayyorlashda va o‘tkazishda bevosita ishtirok etmoqda.

Bu yil Coca-Cola ichimligi O‘zbekiston, LTD kompaniyasi “1L Coca-Cola, Fanta yoki Sprite ichimligini yutish imkoniyati!” yangi yil promo-aksiyasini tayyorladi. Aksiya 2018-yilning 30-yanvariga qadar davom etadi.

Qopqoqchasi maxsus kumush rangli 1,5 litrli bo‘lgan Coca-Cola’ni xarid qilganingizda, Siz 1 litrli Coca-Cola, Fanta yoki Sprite yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Qopqoqchalarni yirik supermarketlarda joylashgan Coca-Cola’ning reklama aksiyasi markazlarida 1 litrli mahsulotga almashtirishingiz mumkin. O‘zingiz va yaqinlaringizni xursand qilishga shoshiling! Tafsilotlar kompaniyaning rasmiy saytida – www.ccbu.uz

O‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, Coca-Cola ichimligi O‘zbekiston, LTD. bayramona bezatilgan va Santa Klaus surati tushirilgan “Yuk mashinalaridan tashkil topgan Yangi yil karvoni”ni Toshkent ko‘chalari bo‘ylab yurishini yo‘lga qo‘ydi.

Yangi yil bayramini Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarisiz tasavvur qilish qiyin. Brendning har bir qishki kampaniyasi – bu birinchi navbatda yoqimli an’ana va ijobiy hissiyotlar bo‘lib, ularni yaqinlar bilan bo‘lishish mumkin.

Yangi yil oldidan Coca-Cola ichimligi O‘zbekiston, LTD kompaniyasi xodimlarining sevimli an’analaridan biri – Mehribonlik uylari va maktab-internatlariga tashrif buyurish. Bolalar Qorbobo, Qorqiz va oq ayiqni intizorlik bilan kutadi hamda ularga she’r va qo‘shiqlar aytadi, shuningdek, yorqin bezatilgan archa atrofida raqsga tushadi.

Bu yili kompaniya 8 ta Mehribonlik uyi va maktab-internatlarida bo‘lib, 1 500 nafardan ortiq bolalarni tabrikladi va shirin sovg‘alarni taqdim qildi.

Santa-Klaus va oq ayiq poytaxt aholisi hamda mehmonlarini yirik savdo-ko‘ngilochar markazlari va supermarketlarida tabriklamoqda, ularga Coca-Cola ichimliklarini sovg‘a qilib, “Bayram kelmoqda” qo‘shig‘i ostida xursandchilik qilmoqda.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (28-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют