» » Iroq rasmiylari Kurdistonga xalqaro aviareyslar uchun qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Iroq rasmiylari Kurdistonga xalqaro aviareyslar uchun qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi


Iroq rasmiylari Kurdistonga xalqaro aviareyslar, shuningdek, avtonomiyadan parvozlarga taqiqni yana bir oyga uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Rudaw telekanaliga ko‘ra, mazkur qaror Arbil va Sulaymoniyadagi xalqaro aeroportlarga tegishli. Biroq Sulaymoniyadagi havo qo‘nalg‘asi mutasaddilari taqiq cho‘zilgani haqida rasman ogohlantirish olmaganini bildirdi.

Aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq 29-dekabrda yakuniga yetardi.

Iroq rasmiylari sentyabr oxirida kurd avtonomiyasi mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum va mintaqa aeroport, chegara punktlarini hukumat nazoratiga o‘tkazish talabiga bo‘ysunilmagani uchun shunday chora qo‘llagandi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют