» » Polshalik erkak mushugi bilan birga okeanda 7 oy oqim bo‘yicha suzib yurdi

Polshalik erkak mushugi bilan birga okeanda 7 oy oqim bo‘yicha suzib yurdi


Hind okeanida Fransiyaning dengiz orti hududlariga kiruvchi Reyunyon oroli qirg‘oqlari yaqinidan Polsha fuqarosi o‘tirgan qayiqni topishdi, deb yozadi National Geographic. Qutqarilgan kishining so‘zlariga ko‘ra, qayig‘i buzilib qolgach, u yetti oy davomida okeanda oqim bilan suzib yurgan. Bu vaqt ichida uning yagona yo‘ldoshi mushugi bo‘lgan.

54 yoshli erkak jandarmlarga so‘zlab berishicha, may oyida u yasama qayig‘ida o‘zi bilan bir oyga yetadigan oziq-ovqat zaxirasini olib, Komor orollaridan janubi-sharqiy Afrikaga jo‘nagan. Polshalik ish topish uchun JARga yetib olishni rejalashtirgan.

Ammo qayiq tez orada buzilgan, shuningdek, erkak o‘zi bilan olib olgan aloqa vositalari ham ishdan chiqqan. Oqibatda u Maldiv orollari, Indoneziya va Mavrikiy oralig‘ida oqim bo‘yicha suzib yurishiga to‘g‘ri kelgan.

Erkak kuniga yarim qutidan Xitoy lag‘moni va okeandan tutilgan baliq bilan oziqlanib, omon qoldi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют