» » “Nasaf”ning yana bir a’zosi “Paxtakor”da. Akmal Shorahmedov bilan 2 yillik shartnoma tuzildi

“Nasaf”ning yana bir a’zosi “Paxtakor”da. Akmal Shorahmedov bilan 2 yillik shartnoma tuzildi


Qarshining “Nasaf” klubida o‘tgan mavsumni o‘tkazgan himoyachi Akmal Shorahmedov faoliyatini “Paxtakor”da davom etadi. Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati xabar berdi.

Shorahmedov bilan 2 yillik kelishuvga erishilgan. Futbolchi “Paxtakor”ga erkin agent maqomida yetib kelgan. Bungacha Shota Arveladze jamoasiga “Nasaf” chap qanot himoyachisi Farrux Sayfiyev ham qo‘shilgandi. Endi esa o‘ng qanot himoyasi ham butlandi. O‘tgan mavsumning yarmida esa markaziy himoyachi Sherzod A’zamov hamda darvozabon Eldor Suyunov jami 1 milliard so‘mga xarid qilingandi.

Akmal “Nasaf” uchun 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. U Oliy Ligada jami 286 ta o‘yinda harakat qilgan va 11 ta gol urgan. 2011—2016-yillar davomida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan Shorahmedov ikki martadan O‘zbekiston chempionati va kubogida zafar quchgan. Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib borgan.

Mazkur futbolchi asli “Paxtakor” futbol maktabidan yetishib chiqqan. “Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Nasaf” yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimov ham tez orada “Paxtakor” safiga kelib qo‘shiladi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют