» » O‘zbekistonliklarning qariyb 90 foizi Shavkat Mirziyoyevning prezident lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi

O‘zbekistonliklarning qariyb 90 foizi Shavkat Mirziyoyevning prezident lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamoatchilik fikri so‘rovining aniqlashicha, 89,3 foiz o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi. Aholi davlat rahbari tomonidan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, so‘rovning mutlaq ko‘pchilik ishtirokchilari – 90,2 foizi mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tkazayotgan siyosat aholining orzu va umidlarini to‘la darajada oqlaydi, degan fikrni bildirgan.

86,3% fuqarolarning fikriga ko‘ra, rivojlangan davlatlar tajribasining yanada joriy qilinishi, maktabgacha ta’limda yangi tizimning yaratilishi, umumta’lim maktablarida 11 yillik o‘qitishning qayta tiklanishi, kasbiy ta’limning rivojlantirilishi ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshirishga, chuqur bilimlarga ega yosh avlodni shakllantirishga yordam beradi.

So‘rovlar monitoringining aniqlashicha, mamlakat prezidentiga ishonch reytingi 2017-yil iyul oyidagi 92,4 foizdan 2017-yilning oktabr oyidagi 93,1 foizgacha o‘sdi. O‘zbekistonliklarning fikricha, 2017-yilda mamlakatda mavjud davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga imkon beruvchi, zamonaviy tahdidlar va xatarlarga javob berishga layoqatli, mamlakatning, jamiyatning va har bir fuqaroning manfaatlarini amalga oshirishni ta’minlaydigan muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazildi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют