» » Toshkent aeroportida yil davomida 37 kilogramm tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi

Toshkent aeroportida yil davomida 37 kilogramm tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi


Respublika bojxonachilari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Istanbuldan uchib kelgan fuqarolar N.Nuritdinova va M.Mirzamaxmudova bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan turib, tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirayotganida to‘xtatib qolindi.

Xususan, N.Nuritdinova dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati taxminan 100 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 465 gramm og‘irlikdagi, M.Mirzamaxmudova esa taxminan 45 million so‘mdan ortiq qiymatdagi 208 gramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib kirishga uringan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 114 ta bojxona qoidabuzarligi natijasida qiymati 2 milliard 234 million so‘mdan ortiq salkam 37 kilogramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Farg‘ona viloyati bojxonachilari esa yirik miqdordagi tilla va zargarlik buyumlarining respublikadan olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi. Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.To‘rayev o‘zi boshqaruvidagi Nexia avtomashinasining o‘rindig‘i ostiga yashirilgan salkam 4 kilogamm 800 gramm og‘irlikdagi tilla quymalarni boshqa bir shaxs N.Karimovga berayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Surishtiruvlar davomida qiymati salkam 1 milliard 200 million so‘mlik oltita quyma tilla bo‘lagi respublikadan olib chiqib ketish uchun mo‘ljallanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют