» » O‘zbekistonliklarning 80,6 foizi fuqarolarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlari ta’minlanganligini yuqori baholaydi

O‘zbekistonliklarning 80,6 foizi fuqarolarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlari ta’minlanganligini yuqori baholaydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan aholi o‘rtasida “Fuqarolar davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi to‘g‘risida” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da qo‘yilgan vazifalarni uzluksiz amalga oshirish davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari ishining hamda fuqarolarning farovonligi va umuman, hayot sifatini yaxshilashga yordam berishiga ishonch bildirgan.

Har ikkinchi respondent (51,2%) “joylardagi ijroiya hokimiyat organlari faoliyati haqidagi axborot ochiq va undan foydalanish mumkin”, deb hisoblaydi. To‘rt chorak mobaynidagi so‘rovlar natijalari monitoringining ko‘rsatishicha, ushbu ko‘rsatkich 10,5 foizga o‘sgan (1 chorakdagi 40,7 foizdan 2017-yil 4 choragidagi 51,2 foizgacha).

So‘rovning ko‘rsatishicha, fuqarolarning ko‘pchiligi (81,4%) mamlakatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf qilishga qaratilgan samarali choralar ko‘rilmoqda, deb hisoblaydi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. O‘zbekistonliklarning 80,6 foizi fuqarolarning xavfsizligi, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanganligini yuqori baholadi.

Tadqiqot fuqarolarning 78,5 foizi pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning natijasidan qoniqishlarini aniqladi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют