» » Tramp: Iroq va Suriyadagi IShID jangarilari soni 35 marta qisqardi

Tramp: Iroq va Suriyadagi IShID jangarilari soni 35 marta qisqardi


Amerika yetakchisi yana bir marta AQSh Iroq va Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq va Suriyada IShID terrorchilik guruhi jangarilari soni 35 mingdan ming kishigacha qisqargani haqidagi xabarni o‘z prezidentligi bilan bog‘ladi.

“20-yanvar — Tramp inauguratsiyasi kuni — IShIDning 35 mingga yaqin jangarisi Suriya va Iroqning 17,5 ming kvadrat mil (45 ming kvadrat kilometrga yaqin) hududini egallab turgan edi. 21-dekabr holatiga AQSh harbiy tizimi 1 900 kvadrat milga (taxminan 5 ming kvadrat kilometr) yaqin hududni nazorat qilayotgan ming nafarga yaqin jangarini qayd etdi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют