» » “Paxtakor” Ikrom Aliboyevni qo‘lga kirita olmadi. Futbolchi “Lokomotiv” bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

“Paxtakor” Ikrom Aliboyevni qo‘lga kirita olmadi. Futbolchi “Lokomotiv” bilan 2 yillik shartnoma tuzdi


“Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyevning “Paxtakor” bilan shartnoma tuzgani aytilgandi. Bugun — 28-dekabr kuni “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati yarim himoyachi bilan yana 2 yillik bitimga erishilgani borasida xabar berdi.

2012-yildan buyon “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelayotgan 23 yoshli futbolchi “Paxtakor” bilan qanchalik kelishuvga erishgandi-yu, voqealar rivoji keyin nima ko‘rinish olgani borasida ma’lumot yo‘q. U o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olgandi.

Aliboyev “Lokomotiv”ning yillik taqdirlash marosimida ishtirok etib, 2017-yilda qo‘lga kiritilgan oltin medallarni qabul qilib oldi. Shuningdek, klub rahbariyati futbolchilar uchun ajratilgan 21 ta Gentra avtomashinasidan birini ham katta ehtimol bilan Aliboyevga sovg‘a qilgan.

Bungacha “Paxtakor” Aliboyevdan tashqari “Bunyodkor” vakili Otabek Shukurovni ham ko‘zlayotgani borasida xabarlar bor edi. Aliboyev o‘z klubida qolgan bo‘lsa, Shukurov Amirlik klubi bilan kelishuvga erishdi. Hozircha Shota Arveladze boshqaruvidagi jamoa asosan “Nasaf” futbolchilarini “ishg‘ol qilish” ishlari bilan band.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют