» » 80 foiz o‘zbekistonliklar boshqaruv organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini ijobiy baholadi

80 foiz o‘zbekistonliklar boshqaruv organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini ijobiy baholadi


“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan mamlakat aholisi o‘rtasida “Davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi jamoatchilik fikri ko‘zgusida” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamoatchilik fikri so‘rovlari monitoringida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mamlakat fuqarolari tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi aniqlandi.

O‘zbekistonliklarning 80 foizdan ortig‘i davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini ijobiy baholadi va barcha darajadagi hokimiyat organlarida kelgan shikoyat va arizalarga tezkorlik bilan munosabatda bo‘linishi, aholining paydo bo‘layotgan muammolari o‘ta qisqa muddatlarda hal qilinishiga e’tibor qaratdi.

So‘rov jarayonida aniqlanishicha, har to‘rtinchi respondent o‘z muammolarini hal qilish uchun davlat hokimiyati yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilgan. Davlat hokimiyati yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilgan fuqarolarning faolligi davlat va jamiyat hayotining aholi manfaatlariga keskin daxldor u yoki bu sohalariga tuzatish kiritishga, fuqarolarni tashvishlantirayotgan, keskin muammolarni aniqlashga va ularni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishga imkon beradi.

Olingan so‘rov natijalariga muvofiq, fuqarolarning 32,9 foizi o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish yoki qayta tiklash haqida iltimos bilan turli darajadagi hokimliklarga, har to‘rtinchi respondent mahalla qo‘mitasiga yoki “Xalq qabulxonalari”ning tuman bo‘limiga murojaat qilgan.

So‘rovning ko‘rsatishicha, 93,6 foiz holatlarda fuqarolar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, qayta tiklash yoki ta’minlashni so‘rab davlat hokimiyati yoki xo‘jalik boshqaruvi organlariga shaxsan va o‘z tashabbusi bilan murojaat qilgan, so‘ralganlarning qolgan qismi boshqa kishining maslahati va tavsiyasi bilan davlat idoralaridan yordam so‘ragan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют