» » Tovus o‘rgimchaklar zamonaviy optik texnologilarni ham ortda qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Tovus o‘rgimchaklar zamonaviy optik texnologilarni ham ortda qoldirgani ma’lum bo‘ldi


Mitti tovus o‘rgimchaklar (Maratus volans) — dunyodagi eng chiroyli o‘rgimchaklardan biri hisoblanadi. Ular o‘zining ko‘rinishi bilan olimlarni yangi optik texnologiyalar yaratishda ilhomlantiradi, deb xabar berdi “Nauka”.

Tovus o‘rgimchaklarning qornida yorqin kamalaksimon naqshi mavjud turi alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, u o‘rgimchaklarning erkagida ko‘payish vaqtida jozibador bo‘ladi. Biroq o‘rgimchlaklar ushbu naqshni qanday shakllantiradi?

Xalqaro olimlar guruhi Maratus robinsoni turi orqali ushbu savolga javob qidirdi. Tadqiqotchilar mikroskoplar, giperspekterial vizualizatsiya, fotometrik vizualizatsiya va optik modellashtirish yordamida o‘rgimchak bezlarida foton tuzilmalarini tekshirdi, shundan so‘ng o‘z farazlari to‘g‘riligini isbotlash uchun 3D-bosma orqali uning prototipini yaratdi.

Oxir-oqibat o‘rgimchaklar qornidagi “kamalak” miniatyuralardagi diffrakatsion panjarani tashkil etuvchi maxsus zarralar orqali shakllanishi aniqladi. O‘rgimchakning bu turdagi tabiiy mexanizmi nurni qisqa va uzoq to‘lqinlarga odamlar tomonidan yaratilgan yangi optik qurilmalardan ko‘ra yaxshiroq uzatish imkonini beradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘rgimchaklarning mitti kamalaklari asosida yotuvchi mexanizm muhandislarni rangga bog‘liq yangi texnologiyalarni yaratishga ilhomlashtirish mumkin.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют