» » AQShda Rojdestvo archalari nega ko‘lga tashlanadi?

AQShda Rojdestvo archalari nega ko‘lga tashlanadi?


Bir necha o‘n yillardan buyon AQShning ayrim shtatlaridagi baliqchilik va yovvoyi tabiatni boshqarish bo‘limlari qurigan Rojdestvo qarag‘aylarini yig‘ib, ularni ko‘lga tashlaydi. Bu orqali ekologlar inson faoliyati ta’sirida buzilgan ko‘l relyefini qayta tiklaydi — qurigan daraxtlar mayda baliqlarni yiriklaridan berkinishiga va suv o‘tlarining o‘sishiga xizmat qiladi, deb xabar berdi Meduza.

“Ko‘l ostini o‘simliklarsiz tasavvur qiling-a, ular yalang‘och bo‘lib qoladi, g‘oyoki ikki o‘lchamlidek. Daraxtlarni ko‘lga joylashtirib, baliqlar uchun uch o‘lchamli makon yaratasiz. Aslida esa siz butun boshli ekotizimni hosil qilasiz”, — dedi Kaliforniyadagi bog‘lar va qo‘riqxonalarning baliqchilik sohasiga bo‘yicha mas’ul xodimi Jozef Sallivan.

Departament xodimlarning aniqlik kiritishicha, qarag‘aylar suvga 25 kilogrammlik yuklar bilan birga tashlanadi. Odatda yuk sifatida biologik parchalanuvchi qopga joylashtirilgan qumdan foydalaniladi.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, 1990-yildan buyon uning departamenti har yili shu usulda daraxtlarni qayta ishlagan va 2014-yilga kelib ko‘lning relyefini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют