» » Putin FXXga terrorchilarni joyidayoq yo‘q qilish bo‘yicha buyruq berdi

Putin FXXga terrorchilarni joyidayoq yo‘q qilish bo‘yicha buyruq berdi


Jinoyatchilarni qo‘lga olish jarayonida qonun doirasida ish ko‘rish lozim, biroq ular huquq-tartibot organlari xodimlarining hayotiga biror xavf tug‘dirgudek bo‘lsa, joyidayoq yo‘q qilinishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi operatsiyalarning ofitser-ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

“Kecha Federal xavfsizlik xizmatining direktoriga ushbu jinoyatchilarni qo‘lga olish jarayonida faqat va faqat qonun doirasida ish ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdim… Biroq bizning xodimlarimiz hayoti va sog‘ligiga nimadir xavf tug‘dirsa qat’iy chora ko‘rib, hech kimni asir olmasdan joyidayoq terrorchilar yo‘q qilinishi kerak”, — deya ta’kidladi Putin.

Putin Sankt-Peterburgdagi supermarketda sodir bo‘lgan portlashni terakt deya atadi.

“Kecha Sankt-Peterburgda terrorchilik hukumi amalga oshirildi, yaqinda Federal xavfsizlik xizmati terakt uyushtirishga bo‘lgan yana bir harakatni aniqladi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 27-dekabr kechasi Sankt-Peterburgdagi “Perekryostok” supermarketida porlovchi qurilma ishga tushishi oqibatida 13 kishi jarohat olgan, ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют