» » Adliya vazirligida TIKA delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligida TIKA delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston adliya vazirining o‘rinbosari Akbar Toshqulov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Chag‘lar bilan uchrashdi, deb xabar berdi UzDaily.

Vazir o‘rinbosari Ali Ixsan Chag‘larni vakolatxona rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston Prezidentining 25—26-oktabr kunlari Turkiyaga amalga oshirgan safarini, shuningdek, TIKA prezidenti Serdar Cham strategik hamkorlikni yangi darajaga olib chiqqanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tashqulov mehmonlarni O‘zbekiston Adliya vazirligining asosiy faoliyatlari bilan tanishtirdi, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan sud-huquqiy islohotlar davrida vazirlikning asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligi haqida so‘zlab berdi.

O‘z navbatida Ali Ixsan ushbu uchrashuvni tashkil qilgani uchun Adliya vazirining o‘rinbosariga minnatdorchilik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamik ravishda rivojlanib boraverishiga umid bildirdi.

Uchrashuvda TIKA’ning O'zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirish va uni yangi darajaga ko‘tarish muhimligini ta’kidladi. Tomonlar tegishli ish rejasini ishlab chiqish va uni tezroq amalga oshirishning muhimligini qayd etdilar.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют