» » 2018-yildan boshlab Qurbon va Ramazon hayitlarida uzluksiz 3 kundan dam olinadi

2018-yildan boshlab Qurbon va Ramazon hayitlarida uzluksiz 3 kundan dam olinadi


2018-yildan boshlab O‘zbekistonda ikkala hayit kunlarida uch kundan dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida aytildi, deb xabar beradi O‘zA.

“Xalqimizning ma’naviy hayotida oliyjanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018-yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Oldinroq 2018-yildan boshlab Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida besh kundan dam olish belgilangani xabar qilingan edi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют