» » Arsen Venger APLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha Fergyuson bilan tenglashib oldi va unda “Arsenal” zafar quchdi

Arsen Venger APLdagi o‘yinlar soni bo‘yicha Fergyuson bilan tenglashib oldi va unda “Arsenal” zafar quchdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 20-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Uning so‘nggi bellashuvi London derbisi shaklida o‘tib, “Arsenal” hamshahri “Kristal Pelas” maydonidan 3 ochko bilan qaytdi.

Mazkur g‘alabasidan keyin “to‘pchilar” ochkolar soni bo‘yicha Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” bilan tenglashib oldi. Ayni vaqtda “Arsenal” xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi, kuchli oltilikning 5 ta jamoasidan keyingi pog‘onani egallab turibdi.

“Kristal Pelas”ga qarshi bellashuv Arsen Venger uchun APLdagi 810-bo‘lib tarixga kirdi va bu borada mutaxassis “Manchester Yunayted” afsonalaridan biri Ser Aleks Fergyuson bilan tenglashib oldi.

Statistikaga nazar solinsa, 810 tadan bellashuvda ishtirok etgan mutaxassislar orasidan Fergyusonning natijasi yaxshi. U 528 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, Vengerda bu ko‘rsatkich 468 tani tashkil qiladi. Shotlandiyalik murabbiy 114 ta o‘yinni boshi egik holda tark etgan bo‘lsa, uning fransiyalik hamkasbida mag‘lubiyatlar soni 145 ta. Eng muhimi, Fergyuson yuqoridagi o‘yinlari davomida 13 ta sovringa ega chiqqan. Venger esa faqatgina 3 ta.

Angliya Premyer-Ligasi

20-tur bellashuvlari

28-dekabr, payshanba

Gollar: Shkodran Mustafi, 25 (0:1). Andros Taunsend, 49 (1:1). Aleksis Sanches, 62 (1:2). Aleksis Sanches, 66 (1:3). Jeyms Tomkins, 89 (2:3).

Опубликовано: admin (29-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют