» » “Nasaflashayotgan” “Paxtakor” Qarshi klubining oltinchi futbolchisi bilan ham kelishuvga erishdi

“Nasaflashayotgan” “Paxtakor” Qarshi klubining oltinchi futbolchisi bilan ham kelishuvga erishdi


Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi “Nasaf”ning yana ikki a’zosi bilan kelishuvga erishdi — Bahrom Abdurahimov hamda Dilshod Rahmatullayev.

Har ikki futbolchi Shota Arveladze murabbiylik qilayotgan jamoa bilan ikki yillik kelishuvga erishgan. Bungacha “Nasaf”ning ikki qanot himoyachisi — Akmal Shorahmedov hamda Farrux Sayfiyev ham Toshkent grandi taklif qilgan ikki yillik bitimga qo‘l qo‘ygandi. O‘tgan mavsumning yarmida esa markaziy himoyachi Sherzod A’zamov va darvozabon Eldor Suyunov 2,5 yillik shartnomalarni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa “Paxtakor” bir yilning o‘zidayoq “Nasaf”ning olti yetakchi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi. Ularning barchasi 2019-yil yakuniga qadar Toshkent klubi bilan bo‘ladi. Bosh murabbiy Shota Arveladze bilan kelishuv esa 2018-yil so‘ngiga qadar amal qiladi.

“Nasaf” O‘zbekiston chempionatini vitse-chempion sifatida yakunlashga erishgandi. Kumush medallar uchun kurashda Qarshi klubi “Paxtakor”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Shundan so‘ng “Paxtakor” rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘zaro kelishib, jamoaning yetakchi futbolchilarini qo‘lga kiritishga harakat qildi.

Bungacha “Paxtakor” taklif bilan chiqqqan ikki futbolchi — Otabek Shukurov hamda Ikrom Aliboyev masalasi hal bo‘lmagandi. “Lokomotiv” Aliboyevni ikki yillik bitimga ko‘ndirgan bo‘lsa, Shukurov Amirliklarning “Sharja” klubiga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv”, “Olmaliq”, “Nasaf” kabi klublar sharafini himoya qilgan Dilshod Rahmatullayev 1989-yilda tavallud topgan. U Oliy Ligada jami 130 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, 10 ta gol urishga erishgan.

Bahrom Abdurahimov esa 1988-yilda tug‘ilgan. U “Nasaf”ga qadar “Andijon” sharafini himoya qilgandi. Abdurahimov uchun ayniqsa 2017-yilgi mavsum omadli kelib, u Qarshi klubi uchun 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi. Shu tariqa Oliy Ligadagi statistikasi 146 ta o‘yindagi 17 ta golga yetdi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют