» » O‘zbekistonda “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilmoqda


“Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Aholining reproduktiv salomatligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish, aholi orasida muhokama qilish hamda qabul qilinishiga erishish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Fuqarolar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – oilalar mustahkamligi va jamiyat salomatligi garovi” mavzuidagi davra suhbatida aytib o‘tildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan joylarda aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi, patronaj va skrining xizmatlarini zamonaviy darajaga ko‘tarish, aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatishga erishildi.

Shunga qaramay, Prezidentning parlamentga Murojaatnomasida inson salomatligini muhofaza qilish borasida joylarda ko‘plab muammolar hamon saqlanib qolayotgani ta’kidlandi. Ana shularni hisobga olib, hududlar aholisi uchun qulay bo‘lgan, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirishga doir innovatsion yondashuvlar ilgari surildi. Qonunchilik palatasi o‘z ish faoliyatida asosiy e’tiborni tizimdagi muhim muammolarni joylarda hal etishga qaratishi maqsadga muvofiq ekanligi belgilandi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют