» » Zimbabve hukumati sobiq prezident Mugabega taqdim etiladigan imtiyozlarni oshkor qildi

Zimbabve hukumati sobiq prezident Mugabega taqdim etiladigan imtiyozlarni oshkor qildi


Zimbabve hukumati iste’foga chiqqan mamlakat sobiq prezidenti Robert Mugabega taqdim etilgan imtiyozlar haqida rasmiy ma’lumot e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, sobiq prezidentga kamida olti tansoqchi, ikki haydovchi, ikki shaxsiy kotib, ikki shaxsiy yordamchi va ikki nafar ofis xodimi beriladi.

Mugabening ixtiyoriga Zimbabve poytaxti Xararening istalgan tumanidagi to‘liq jihozlangan ofis taqdim etiladi.

Shuningdek, Mugabega maydoni besh ming kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy qarorgohni xizmatkorlari bilan birga berishga rozi bo‘lishdi.

Bundan tashqari, hujjatda xususiy xalqaro parvozlar va mamlakat bo‘ylab safarlar imkoniyati, Mercedes-Benz S500 Series yoki klass bo‘yicha unga teng bo‘lgan avtomobil hamda furgondan foydalanish huquqi ko‘zda tutilgan. Yoqilg‘i xarajatlari, shuningdek, ofis va qarorgohdagi kommunal xizmatlar hukumat hisobidan qoplanadi.

Mugabe va uning oilasiga tibbiy nafaqa va’da qilishmoqda. U va rafiqasi diplomatik pasport olish huquqiga ega.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют