» » “Milan”dagi o‘rnini Gattuzoga bo‘shatib bergan Vinchentso Montella “Sevilya” klubi bosh murabbiyiga aylandi

“Milan”dagi o‘rnini Gattuzoga bo‘shatib bergan Vinchentso Montella “Sevilya” klubi bosh murabbiyiga aylandi


Italiyalik mutaxassis Vinchentso Montella Ispaniyaning “Sevilya” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Motella bilan kelishuv 2019-yilning iyuliga qadar amalda bo‘ladi. Bugun — 29-dekabr kuni murabbiy “Milan”dagi chala qolgan hujjatli ishlarini yakunlaydi va oqshomning o‘zida Sevilyaga uchib, yangi klubi bilan rasmiy shartnomaga imzo chekadi.

Murabbiylik faoliyatini 2009-yil Rimning “Roma” klubida boshlagan Montella, keyinroq “Kataniya”, “Fiorentina”, “Sampdoriya”, “Milan” kabi jamoalarda faoliyat olib bordi. U “Fiorentina”ni 2014-yil Italiya Kubogining finaliga qadar boshlab kelgan bo‘lsa, 2016-yil “Milan” bilan mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Joriy mavsumda “Milan” tarkibida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Monetlla rahbariyat kutgan natijani ko‘rsata olmadi va uning o‘rnini Jennaro Gattuzo egalladi. Endi u “Sevilya” bosh murabbiyi bo‘lib kelgan Eduardo Berissoning o‘rnini egallamoqda. Shu yilning 22-noyabr kuni “Sevilya” matbuot xizmati Berissoning saratonga chalingani haqida rasman bayonot bergandi. Shu tariqa murabbiy operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘ldi va 2-dekabr kuni shifoxonadan chiqarib yuborildi.

“Sevilya” Ispaniya La Ligasining 19-turidan keyin turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Andalusiya klubi Madridning “Real” klubidan 2 ochko ortda qolib ketmoqda. Chempionlar Ligasida esa “Sevilya” futbolchilari guruhdan chiqishni uddalagan. Chorak final yo‘lida Montella va jamoasi Joze Mourinyoning “Manchester Yunayted”iga qarshi kurash olib borishi kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют