» » Harri Keyn 2017-yil Messi va Ronaldudan ko‘proq gol urdi. APLda esa 34 futbolchi undan ko‘p maosh olmoqda

Harri Keyn 2017-yil Messi va Ronaldudan ko‘proq gol urdi. APLda esa 34 futbolchi undan ko‘p maosh olmoqda


2017-yil bir qator rekordlarni yangilashga erishgan “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn haftasiga 110 ming funt sterling maosh oladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Keyn APLda 34 futbolchidan ortda qolib ketgan.

Harri Keyn butun bir yil davomida TOP-5 chempionatlarida to‘p surgan hammadan ko‘p gol urdi. Hammadan ko‘p xet-trik qayd etdi. U yil davomida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi kabi futbolchilarni ortda qoldirdi, APLda esa afsonaviy Alan Shirerning rekordini yangiladi. Biroq maosh borasida uning anchagina kamtar ekanini ko‘rish mumkin.

APLda eng katta maoshni “Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba ishlab topmoqda. Uning haftalik puli 290 ming funtni tashkil qiladi. “Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku 250 ming funt bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Quyidagi suratda Harri Keyndan kimlar ko‘proq pul topishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют