» » Toshkent viloyat hokimligi Prezident qarori bilan afv etilgan fuqarolarni Samarqandga ziyoratga olib bordi

Toshkent viloyat hokimligi Prezident qarori bilan afv etilgan fuqarolarni Samarqandga ziyoratga olib bordi


27-dekabr kuni Toshkent viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Umra-2018” mavsumi ziyoratchilari hamda ilgari turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgani sababli ozodlikdan mahrum etilgan va to‘g‘ri yo‘lni anglab yetgani uchun afv qarori asosida ozodlikka chiqarilgan fuqarolar uchun Samarqand viloyatiga ikki kunlik ziyorat tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ziyoratchilar birinchi kuni “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Ular ushbu maskanda amalga oshirilgan qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Safarning ikkinchi kuni esa O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Shundan so‘ng ziyoratchilar Registon maydonini tomosha qilib, safarini Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyida yakunladi.

“Ziyoratchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mehmonxona, ziyorat ishlariga oid mutaxassis xodimlar, yumshoq o‘rinli avtobuslar hamda YPX xodimlari biriktirildi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют