» » Putin birinchi farzandi uchun Rossiyadagi oilalarga to‘lov berish haqidagi qonunni imzoladi

Putin birinchi farzandi uchun Rossiyadagi oilalarga to‘lov berish haqidagi qonunni imzoladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘ng‘ich farzand uchun oilalarga oylik to‘lovlar joriy etish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab birinchi farzand tug‘ilgan yoki asrab olingan oilalarga oylik to‘lovlar taqdim etiladi. Ularni olishga o‘rtacha daromadi mintaqadagi yashash minimumining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalar da’vogarlik qilishi mumkin.

To‘lov bola 1,5 yoshga yetguncha har oy berib boriladi. Uning summasi mintaqadagi bolalar uchun yashash minimumiga teng bo‘ladi. Rossiya bo‘yicha bir bolaga oylik to‘lov o‘rtacha 10,5 ming rublga (180 dollar atrofida) to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют