» » AQSh harbiy-havo kuchlari Somalida 4 nafar terrorchi va minalashtirilgan avtomobilni yo‘q qildi

AQSh harbiy-havo kuchlari Somalida 4 nafar terrorchi va minalashtirilgan avtomobilni yo‘q qildi


AQSh harbiy-havo kuchlari Somalida aviazarbalar natijasida “ash-Shabob” terrorchilik guruhining to‘rt nafar terrorchisi va minalashtirilgan avtomobilni yo‘q qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Operatsiya Somali hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Aviazarba 27-dekabr, chorshanba kuni kechki paytda poytaxt Mogadisho shahridan 25 kilometr g‘arbda joylashgan avtomobilga va jangarilar guruhiga qarata berilgan. Shu tarzda to‘rt nafar terrorchi va minalashtirilgan avtomobil yo‘q qilingan. Jangarilar mina o‘rnatilgan avtomashinani Mogadishoda portlatishni rejalashtirgan edi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda AQShning kelgusida ham terroristik xavflarga qarshi kurashishi ta‘kidlangan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют