» » “Sharq liboslari” maktab o‘quvchilarining yangi formasini taqdim etdi

“Sharq liboslari” maktab o‘quvchilarining yangi formasini taqdim etdi


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston to‘qimachilik va tikish-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida tashkil etilgan tajriba-sinov natijalarini hisobga olgan holda, o‘rta muddatli istiqbolda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish konsepsiyasining loyihasi ishlab chiqilmoqda.

2017-yil korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni ishga tushirishga qaratilgan 34 investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 356,9 million dollarga teng bo‘lib, eksport salohiyati 151,7 million dollarni tashkil qildi. Bu o‘z navbatida, qariyb 6 ming yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

2017-yil boshida sohadagi 300 ga yaqin korxona eksport faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lsa, bugun ularning safi yana 50 taga kengaydi. Xorijiy davlatlarda 60 dan ortiq savdo uyi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda, shuningdek, “Sharq liboslari” dizayn markazining maktab o‘quvchilari formasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют