» » Bokschi Fazliddin G‘oibnazarov O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan futbol kelajagi borasida gaplashdi

Bokschi Fazliddin G‘oibnazarov O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan futbol kelajagi borasida gaplashdi


Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi. Bu haqda charm qo‘lqop ustasi o‘zining Instagram sahifasida ma’lumot bergan.

Bugun men O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdim. Biz mamlakatimiz futbolining hozirgi holati va kelajagi borasida suhbatlashdik. Ishondimki, futbolimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda.

Umid aka, siz ajoyib insonsiz, a’lo darajadagi rahbarsiz. Siz bilan tanishganimdan xursandman. Sizga sihat-salomatlik va professional faoliyatingiz davomida katta omadlar tilab qolaman.

Fazliddin G‘oibnazarov, professional bokschi

Yuqoridagi jumlalarni bokschining Instagram sahifasida uchratish mumkin. Professional ringga qadam qo‘yib, undagi ketma-ket uch jangida zafar quchgan G‘oibnazarov qanday qilib O‘FFga borib qolgani va taklif kimdan chiqqaniga oydinlik kiritmagan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют