» » Toshkent viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga doir bir qator bojxona qoidabuzarliklarini fosh etdi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, birgina 20-dekabrning o‘zida “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida bir nechta shu turdagi bojxona qoidabuzarligi aniqlangan.

Jumladan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.Jo‘rayev xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida ushbu shaxs kurtkasi ostidan yenglariga 800 ming so‘mlik 960 dona bengal shamchiroqlari pirotexnika vositasini yashirib olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Fuqarolar B.Mambetov va S.Baymaxamatovlar ham xuddi shu usulni qo‘llab, ya’ni oyog‘ining boldir qismiga bog‘lab olgancha, pirotexnika vositalarini olib kirishga uringan. Ular salkam 1,5 million so‘mlik 1872 dona bengal shamchiroqlarini yashirincha olib kirayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют