» » Adliya vaziri Toshkent shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Adliya vaziri Toshkent shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov va uning o‘rinbosarlari Toshkent shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

Sayyor qabul ikki kun davom etdi.

“Adliya vazirligi rahbarlari huzuriga moddiy yordam olish, uy-joy uchun ro‘yxatga turish, pasport olish, issiqliq tizimidagi nosozlikni bartaraf etish, oqova suv quvurlarini tozalash kabi masalalar bilan kelganlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Bundan ko‘rinadiki, joylardagi mahalliy hokimliklar va boshqa xizmat ko‘rsatish tizimlari hamon o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qaramoqda. Aks holda fuqarolar joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan oddiy arzlarini yuqori tashkilotlar rahbarlariga ko‘tarib yurmagan bo‘lardi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, adliya vazirining huzuriga kelgan, haqiqatda uy-joy olishga ehtiyoji bo‘lgan 7 fuqaro uy-joy olish uchun tuman hokimliklarida ro‘yxatga olinishi ta’minlandi. Tegishli idoralarga kiritilgan taklif asosida 2 fuqaroga moddiy yordam ajratildi. 3 tadbirkorlik subyekti uchun ijaraga joy masalasi hal etildi. Ko‘plab fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют