» » O‘zbekistonda 4+1 ko‘rinishidagi legionerlar limiti amalda bo‘ladi. Endi xorijiy darvozabonga ham ruxsat bor

O‘zbekistonda 4+1 ko‘rinishidagi legionerlar limiti amalda bo‘ladi. Endi xorijiy darvozabonga ham ruxsat bor


O‘zbekiston professional futbol ligasi Super Liga jamoalariga 4 nafar xorijiy va 1 nafar osiyolik futbolchi bilan shartnoma tuzish imkoniyatini taqdim etadi. Yangi ishlab chiqilgan reglamentda bu aks ettirib qo‘yildi.

Bungacha PFL Osiyo futbol konfederatsiyasining Chempionlar Ligasi musobaqasi uchun ishlab chiqqan 3+1 ko‘rinishidagi legionerlar limitini o‘zlashtirgandi. Ya’ni, uch xorijiy va bir nafar osiyolik futbolchi O‘zbekiston chempionatida to‘p surishi mumkin edi. Endi esa amalda 4+1 ko‘rinishi ishlaydi.

Masalan, Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi 4+1 ko‘rinishiga to‘liq amal qilgan taqdirida ham, Osiyo Chempionlar Ligasida baribir 3+1 ko‘rinishidagi cheklovga bo‘ysunadi. 4+1 faqatgina O‘zbekiston chempionati uchun amalda bo‘ladi.

Bunga qadar O‘zbekiston klublari xorijiy darvozabon bilan shartnoma tuzishi taqiqlab qo‘yilgandi. PFL bu taqiqni olib tashladi. Endi Super Liganing istalgan klubi xorijiy darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют