» » Toshkentda 28-dekabr kuni 26 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish holati qayd etildi

Toshkentda 28-dekabr kuni 26 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish holati qayd etildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 28-dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 2388 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 17 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 5 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 4 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 26 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 210 ta odam tashish qoidalarini buzish, 70 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 3 ta bo‘ysunmaslik, 767 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 43 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют