» » Qozog‘iston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi

Qozog‘iston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi


Qozog‘iston tarixda ilk bor 2018-yilning 1-yanvaridan 31-yanvariga qadar BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Kengash raisi Xavfsizlik kengashiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, BMT kotibiyati ko‘magida kengashning kunlik ish faoliyatini tashkil etadi. Xavfsizlik kengashiga raislik qiluvchi tuzilma a’zolari bilan kelishgan holda kengash nomidan, shuningdek, norasmiy maslahatlashuvlar yakuni bo‘yicha va Xavfsizlik kengashi hujjat matni bo‘yicha kelishuvga erishilganda ommaviy axborot vositalari oldida bayonotlar berish vakolatlariga ega.

2018-yilning dastlabki kunlarida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari yanvar oyi uchun mo‘ljallangan raislik dasturini ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xavfsizlik kengashiga kirmaydigan BMTga a’zo davlatlar, OAV va nodavlat tashkilotlar uchun kengashning ish dasturi yuzasidan matbuot anjumanini o‘tkazish rejalashtirilgan.

18-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida Xavfsizlik kengashi a’zolarining “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonchni mustahkamlash choralari” mavzuida munozaralar o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, kengashning bir oylik faoliyati davomida Afg‘oniston va Yaqin Sharq mamlakatlari, Suriya, Liviya, Kongo, Markaziy va G‘arbiy Afrika davlatlari, Janubiy Sudan, Mali, Kipr, Somali va Kolumbiya davlatlaridagi vaziyat muhokama qilinadi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют