» » Tug‘ilgan kuniga kelgan mehmonning 22 million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Tug‘ilgan kuniga kelgan mehmonning 22 million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi


Ichki ishlar organlarining olib borgan tezkor tadbirlari natijasida, Chirchiq shahrida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati “issiq izi”dan fosh etildi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Dastlabki tergov harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro G‘ulom Rahimov 2017-yil 28-noyabrdan 29-noyabrga o‘tar kechasi Chirchiq shahar 8-mart ko‘chasida joylashgan choyxonalardan birida tug‘ilgan kunini nishonlagan, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Tug‘ilgan kuniga mehmon bo‘lib kelgan Qibray tumanida yashovchi Alisher G‘ulomovning mashinasining old oynasini sindirib, mashinada bo‘lgan sumkadagi 22 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab yashirib qo‘ygan.

Fuqaro G‘ulom Rahimov o‘zining sodir etgan xatti-harakatlari bilan o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan uning jinoyati fosh etildi.

Hozirgi vaqtda G‘ulom Rahimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar gumonlanuvchi tomonidan to‘liq qoplandi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют