» » Sankt-Peterburgdagi supermarketda sodir bo‘lgan portlashni IShID o‘z bo‘yniga oldi

Sankt-Peterburgdagi supermarketda sodir bo‘lgan portlashni IShID o‘z bo‘yniga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti 27-dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi “Perekryostok” supermarketida sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda SITE Intelligence Group’ga tayanib, “TJournal” xabar berdi.

SITE ma’lumotlariga ko‘ra, IShID o‘zining rasmiy xabarida portlashni “xalifalik askarlari xavfsizligi bo‘yicha maxsus guruh” amalga oshirganini ma’lum qilgan.

Qo‘lbola portlovchi qurilmaning ishga tushib ketishi oqibatida 18 kishi jarohat olgan, ularning 9 nafari hamon shifoxonada. Eslatib o‘tamiz, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют