» » 2017-yilning eng daromadli valyutasi Mozambik metikali bo‘ldi. Eng yomon ko‘rsatkich o‘zbek so‘miga tegishli

2017-yilning eng daromadli valyutasi Mozambik metikali bo‘ldi. Eng yomon ko‘rsatkich o‘zbek so‘miga tegishli


2017-yilning eng daromadli valyutasi Mozambik metikali bo‘ldi: uning kursi AQSh dollariga nisbatan 21 foizga o‘sdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Keyingi o‘rinlarni Chexiya kronasi va Polsha zlotiysi (18 foiz o‘sish) egalladi. Valyutalar orasida eng yomon ko‘rsatkich 60 foiz arzonlagan o‘zbek so‘miga tegishli.

O‘tayotgan yilda maksimal daromadni baribir kriptovalyutalar egalari qo‘lga kiritdi. Jumladan, bitkoin 1500 foiz o‘sishni ko‘rsatdi.

Xomashyo aktivlari orasida kursi 54 foizga oshgan palladiyga teng keladigani topilmadi. Mis va alyuminiy 29 foizga o‘sdi. Yil yakunlari bo‘yicha 27,5 foizga pastlagan tabiiy gaz egalariga eng ko‘p zarar keltirdi.

Qimmatli qog‘ozlar orasida eng katta o‘sish Gretsiya (60 foiz atrofida), Beliz (38,7 foiz) va Argentina (30 foiz) davlat obligatsiyalarida kuzatildi. 55 foiz qadrini yo‘qotgan Venesuela qimmatli qog‘ozlari bu ro‘yxatning quyi qismidan joy oldi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют