» » Toshkentda avtobus haydovchisi o‘ziga pichoq bilan jarohat yetkazib, bosqinchilikni sahlanashtirdi

Toshkentda avtobus haydovchisi o‘ziga pichoq bilan jarohat yetkazib, bosqinchilikni sahlanashtirdi


2017-yilning 28-dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda, Yunusobod tumani IIB navbatchilik qismiga 4-sonli shahar klinik shifoxonasidan xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra mazkur shifoxonaga avtobus haydovchisi “o‘ng oyoq son qismida sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi bilan murojaat qilganligini ko‘rsatilgan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u 63-sonli yo‘nalishdagi avtobusda haydovchi bo‘lib ishlagan. 28-dekabr kuni soat taxminan 21:30 larda “Botanika bog‘i” bekatiga yetib kelgan vaqtida avtobusga ikki nafar noma’lum shaxs chiqib, uning o‘ng oyoq qismiga pichoq bilan tan jarohati yetkazganini va avtobus g‘aznasida yig‘ilgan 800 000 so‘m miqdoridagi pullarni olib ketganini ma’lum qilgan.

Biroq Toshkent shahar IIBB xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida ushbu hodisa aslida boshqa ko‘rinishda sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, ”jabrlanuvchi” katta miqdordagi qarzini to‘lash maqsadida, o‘zi boshqarib kelgan avtobusning faoliyatidan tushgan pullarni egallab olishni rejalashtirib, ushbu bosqinchilik jinoyatini tanishi bilan birgalikda sahnalashtirgan. Shuningdek, u qilmishi ishonchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘ziga-o‘zi pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi va uning sherigiga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют