» » Rossiya Davlat dumasi: IShID har qanday teraktga “o‘z imzosini qo‘ymoqda”

Rossiya Davlat dumasi: IShID har qanday teraktga “o‘z imzosini qo‘ymoqda”


Rossiya Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi Adalbi Shxagoshev IShID terrorchilik tashkiloti Suriyada yengilganidan so‘ng, “har qanday terakt ostiga o‘z imzosini qo‘yishga tayyor” ekanligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Bu hozirda ular uchun reklamadek juda zarur. IShID ayni vaqtda, teraktlar qayerda sodir bo‘lishidan qat’i nazar, ular ostiga o‘z dastxatini qo‘yish ga tayyor”, — dedi Shxagoshev.

Uning ma’lum qilishicha, Rossiya huquq-tartibot xodimlari Sankt-Peterburgda yuz bergan portlash tashkilotchilarini fosh etishi muhim ahamiyatga ega.

Shxagoshevning so‘zlariga ko‘ra, “terakt bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olganlarning kelajakda bu kabi jinoyatni qilishga imkoni bo‘lmasligi uchun baho berishda maksimal darajada aniqlik kerak”.

Avvalroq, IShID Sankt-Peterburgdagi “Perekryostok” supermarketida yuz bergan portlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют