» » Sankt-Peterburgdagi terakt oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosining operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi

Sankt-Peterburgdagi terakt oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosining operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi


Sankt-Peterburgda 27-dekabr kuni yuz bergan portlash oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot xizmati xabar bermoqda.

TIV Konsullik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hazratqul Aliqulov Sankt-Peterburgdagi 17-son shahar kasalxonasida operatsiya qilingan — uning tanasiga jarohat yetkazgan jism olib tashlangan.

“Aliqulovning holati muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng barqaror”, — deyiladi rasmiy axborotda.

TIV matbuot xizmatining qayd etishicha, vazirlikning Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulligi xodimlari Sankt-Peterburg shahri rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib, terakt oqibatida jabrlangan fuqaroga tegishli qoplovlar berish bo‘yicha choralar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Perekryostok” do‘konida 27-dekabr kuni portlash yuz bergan edi. Portlash oqibatida hech kim halok bo‘lgan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 18 kishi, jumladan, o‘zbekistonlik Hazratqul Aliqulov tan jarohati olgan.

Portlash Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan terakt deb baholandi. Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют