» » Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy sud hokimiyatini haqorat qilgani uchun yilga qamaldi

Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy sud hokimiyatini haqorat qilgani uchun yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Qohira sudi Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyni uch yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. “TASS” axborotiga ko‘ra, sobiq prezident Misr sud hokimiyatini haqorat qilgani uchun shunday jazolangan.

Misr prokuraturasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Mursiy va uning safdoshlari o‘z bayonotlarida, shuningdek, televideniye va internetdagi ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat sud tizimi, sudyalar va butun sudlov jarayonini obro‘sizlantiruvchi axborotni tarqatgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Mursiyning “Musulmon birodarlar” harakati bo‘yicha yana 18 tarafdori ham sudlangan bo‘lib, ular ham uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Muhammad Mursiy 2013-yilda Misr prezidentligidan ag‘darilgan, uning o‘rnini mamlakatning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisiy egallagan. Hokimiyatdan chetlatilgach, Mursiy bir necha bor sud qilindi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют