» » Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi. Prezidentlar bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi. Prezidentlar bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida 30-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardosh turkman xalqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tiladi.

Turkmaniston rahbari, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev va ko‘pmillatli qardosh O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan chin dildan muborakbod etib, taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Xabar berishlaricha, davlatlar rahbarlari yakuniga yetayotgan 2017-yil ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarni rivojlantirish, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda tarixiy davr bo‘lganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

Oliy darajadagi doimiy muloqotlar O‘zbekiston—Turkmaniston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani va amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlangan.

Prezidentlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish muhimligini alohida qayd etgan.

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют